«jamoatchilik muhokamasi» tegli maqolalar


«Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqaramiz». Jamoatchilik Alisher Qodirovning ayol xodimlarga oid taklifini tanqid qildi
7 yanvar 2023, 22:19

«Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqaramiz». Jamoatchilik Alisher Qodirovning ayol xodimlarga oid taklifini tanqid qildi

«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning oilali ayollarga 2 soat kamroq ishlashiga sharoit yaratish haqidagi taklifi e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Ish beruvchilar va jamoatchilik vakillari bu «mehnat bozorida ayollarni kamsitilishi va ularga ish berilmasligiga sabab bo‘lishini» ta’kidlamoqda.

1 iyuldan elektr energiya va gaz narxini «ijtimoiy norma» asosida oshirish taklif etilmoqda
31 may 2022, 15:36 3

1 iyuldan elektr energiya va gaz narxini «ijtimoiy norma» asosida oshirish taklif etilmoqda

1 iyuldan elektr energiya va gaz iste’moli uchun narxlarni «ijtimoiy norma» asosida belgilash kutilmoqda. Muhokamaga e’lon qilingan hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, amaldagi narxlar oshadi. Shuningdek, belgilangan normadan ko‘proq ishlatganlar har bir qo‘shimcha kVt soat elektr energiya uchun — 2 baravar, har bir qo‘shimcha kub metr gaz uchun esa — 5 baravar miqdorida to‘lov qiladi. Narxlar 2024−2025 yillardan inflyatsiya darajasiga indeksatsiya qilinadi, 2026 yildan esa erkinlashtiriladi.

OTMga qabul uchun davlat buyurtmasini kamaytirish taklif etilmoqda
18 may 2022, 10:54

OTMga qabul uchun davlat buyurtmasini kamaytirish taklif etilmoqda

2022/2023 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotalarini belgilashga oid prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unga ko‘ra, davlat buyurtmasi sonini kamaytirish taklif etilmoqda. Xususan, bakalavrlarni tayyorlash uchun 110 278 nafar (2021 yilda — 157 755), magistrlarni tayyorlash uchun 11 082 nafar (2021 yilda — 12 900) talabaga o‘rin ajratish ko‘zda tutilmoqda. Moliyaviy mustaqillik berilgan 35 ta OTM esa to‘lov-kontrakt asosidagi kvotani o‘zi belgilaydi.

Hukumat yangi yo‘l harakati qoidalarini nega jamoatchilik muhokamasisiz tasdiqladi?
13 aprel 2022, 15:55

Hukumat yangi yo‘l harakati qoidalarini nega jamoatchilik muhokamasisiz tasdiqladi?

Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalarini jamoatchilik muhokamasisiz tasdiqladi. Bunga prezidentning 17 martdagi farmoni bilan muhokamaga qo‘yiladigan hujjatlar tasnifiga kiritilgan o‘zgartirish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, endi faqatgina muhim hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Oldingi tartibga ko‘ra, barcha hujjatlar loyihalari muhokamaga qo‘yilishi shart edi.

Kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin
14 fevral 2022, 12:02

Kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, dual ta’lim shakliga o‘tgan kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin. Qolaversa, dual ta’lim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional ta’lim muassasasiga har yili 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

5 yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 80 foizga yetkazish kutilmoqda
2 yanvar 2022, 22:53

5 yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 80 foizga yetkazish kutilmoqda

Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga ko‘ra, kelgusi 5 yilda maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini 62 foizdan 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. 2026-yilga kelib esa 6 yoshli bolalarni 100 foiz maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish kutilmoqda. Buning uchun esa 7 mingdan ortiq nodavlat muassasalarni qurish, 160 mingdan ko‘proq kadrlar malakasini oshirish maqsad qilingan.

Talabalarni ijaraga qo‘yishdan olingan daromadni soliqqa tortmaslik taklif qilindi
26 oktabr 2021, 15:52

Talabalarni ijaraga qo‘yishdan olingan daromadni soliqqa tortmaslik taklif qilindi

Soliq to‘lovchining uy-joylarini talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Moliya vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin
24 mart 2021, 00:54

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin. Bu borada prezidentning qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan va shunga moyilligi bor shaxslarga ko‘maklashish tizimini qayta tashkil etish maqsad qilingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting